8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
Har bir xalqning bu dunyoda borligini tili, qadriyatlari va davlat ramzlari bildirib tursa, yashash, ishlash, munosib dam olish huquqlarini Konstitutsiya qonun bilan mustahkamlab, asoslab beradi.
Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘zbek davlatchiligi tajribalari asosida insonparvarlik tamoyillari, demokratiya va ijtimoiy adolat, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari, demokratik huquqiy davlat barpo etish maqsadini ifodalashi bilan alohida ajralib turadi.
Aslida, konstitutsiya qabul qilish, jamiyat qonunlarini tuzib, unga amal qilish tartibi XVII-XVIII asrlardan boshlangan bo‘lsa-da, bu qonun –qoidalar Sohibqiron Amir Temur davrida yo‘lga qo‘yilgan. Konstitutsiyaning ilk belgilari mashhur Temur tuzuklarida aks etgan.
Ko‘p millatli yurtimizda barcha teng huquqliligini har sohada mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning turmush tarzidan ham bilsa bo‘ladi.
Tizimimizdagi tashkilotlarda, milliy madaniyat markazlarida turli millat vakillari faoliyat olib boradi. Ular o‘z tillarida so‘zlashishadi, bilim olishadi, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar faol ishtirok etishadi. E’tiqod erkinligiga aslo daxl qilinmaydi. Buni hayotbaxsh Konstitutsiyamizning “qalblarga manzur jilosi” deb tushunsa bo‘ladi.