Samarqand tumanida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun oilaviy bolalar uyi qurib berildi

Bugun Samarqand tumani O‘zbekkenti mahallasida 1-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bolalar uyi ochib berildi.

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 8 nafar bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning oila bag‘rida tarbiya topishini ta’minlash va oilaviy bolalar uyini ochilishida respublika Bosh prokuraturasi tashabbus ko‘rsatdi.

Tadbirda Bosh prokuratura mas’ul xodimlari, vazirlik va idoralar, viloyat va tuman sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov so‘zga chiqib, bu ezgu ishning tashabbuskorlariga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar bolajonlarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan tanishdi.