Prezident qarori bilan oilaviy bolalar uylari uchun bir qator imtiyoz va qulayliklar belgilandi

Jumladan, 2022 yil 1 iyuldan boshlab:
- oilaviy bolalar uylarining saqlash xarajatlari uchun Davlat byudjetidan mablag‘ ajratishda bir nafar tarbiyalanuvchiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar miqdori hamda bolalar sonidan kelib chiqib, zarur mablag‘lar ota-onalar nomiga ochilgan bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi;

- oilaviy bolalar uylarida bir nafar tarbiyalanuvchi uchun Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan oylik xarajatlar tarkibiga kommunal xarajatlar ham kiritiladi;

- oilaviy bolalar uylari tomonidan iste’mol qilingan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar jismoniy shaxslar uchun belgilangan narxlarda amalga oshiriladi;

- jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda hamda nogironligi bo‘lgan bolalar kasb-hunar maktablarida ishlovchi texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz miqdorda ustamalar to‘lanadi.

2023-2025 yillarda 10 ta hududda reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan “Imkon” ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etiladi va maktabgacha yoshdagi nogironligi bo‘lgan bolalar qamrab olinadi.