Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kanadalik 80 yoshli ayol qon topshirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Kanadaning Alberta provinsiyasida yashovchi, qariyb 60 yil davomida muntazam ravishda qon topshirgan 80 yoshli kampir ayollar o‘rtasida donorlik qon topshirish miqdori bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda Rekordlar kitobi saytida xabar berilgan.

80 yoshli Jozefina Mixalyuk 1965 yilda 22 yoshida qon topshirishni boshlagan va shundan beri u jami 203 birlik qon topshirgan. Bir birlik qon taxminan – 0,5 litrni tashkil qiladi.

Mixalyukning aytishicha, bunga ilk bor uni allaqachon donor bo‘lgan singlisi undagan.

Qon guruhi (O+) talabga ega bo‘lgan Mixalyuk donorligi bilan odamlarga yordam berishidan baxtli ekanligini aytadi.