9 nafar samarqandlik san’atkor, shoir, hunarmand va tibbiyot xodimlari davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Davlatimiz rahbari bugun, 2023 yil 26 avgustda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” farmon qabul qildi.

Unga ko‘ra, vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi. Ular orasida viloyatimizdan quyidagilar bor:

«El-yurt hurmati» ordeni bilan

Xosiyat Bobomurodova - Samarqand davlat universiteti qoshidagi aniq fanlarga ixtisoslashgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi

«Do‘stlik» ordeni bilan

Azimov Sharif Tursunovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol

Amriddin Najmiyev - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, ganchkor usta

Pogorelova Olga Vasilevna - Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasining numizmatika va maxsus saqlash fondi ilmiy xodimi

Faktorovich Gilsina Aksanovna - Samarqand viloyati rus drama teatri aktrisasi

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Abdullayeva Nargiza Nurmamatovna - Samarqand davlat tibbiyot universitetining davolash ishlari bo‘yicha prorektori  – ko‘p tarmoqli klinikasi bosh shifokori

«Shuhrat» medali bilan

Qurbonov Negmat Tuyg‘unovich - Samarqand shahridagi 5-imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus madaniyat markazi rahbari

Lushnikova Yelizaveta Valentinovna - Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasining arxeologiya fondi ilmiy xodimi

Sohibnazarov San’atillo Nasrulloyevich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakorligi ustasi