9 oyda 170 ga yaqin mahalla o‘z xizmat binosiga ega bo‘ldi

Bu haqda “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limining 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlari hamda fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishida aytildi.

Tadbirda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat bo‘limi hamda tuman, shahar bo‘linmalari tomonidan 2022 yil davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Ta’kidlanishicha, bayramlarda 1000 dan ortiq oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, 150 nafar oilaning yashash sharoitini yaxshilash, uy-joylarini ta’mirlash va sog‘liklarini tiklash maqsadida 250 million so‘mga yaqin bir martalik beg‘araz moddiy yordam, yong‘indan jabr ko‘rgan oilalarga qurilish mollari va 57,5 mln so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam, “Temir daftar”da turgan oilalarning 6000 ga yaqin farzandlariga maktab formalari olib berildi.

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlariga asosan “Temir daftar” ro‘yxatida turgan 20864 nafardan ortiq fuqarolarning muammolari ijobiy hal etildi.

Yig‘ilishda “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha rejalar belgilandi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat bo‘limi boshqaruvi axborot xizmati.