90 yil oldin birinchi radar sinovi o‘tkazilgan
Inglizcha “Radar” atamasi birinchi marta 1941 yilda qisqartma sifatida paydo bo‘lgan va keyinchalik mustaqil so‘zga aylangan.
Uni yaratgan olim radar orqali jarimaga tortilganida, bunday bo‘lishini bilganimda uni ixtiro qilmasdim, degan ekan...
Aslida maxsus tizim sanalgan bu qurilma dastlab harbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan. Tizimni Robert Uotson-Vatt 1935 yil 26 fevralda dengiz, havo va quruqlikdagi nishonlarni, shuningdek, ularning masofasi, tezligi va geometrik parametrlarini aniqlash uchun sinab ko‘rgan.
O‘sha vaqtda Yevropada yangi keng ko‘lamli urush xavfi ortib borayotgani sababli, radar ustida ishlar tezlashdi. 1937 yilga kelib, Angliyaning janubiy qirg‘og‘ida uchta radar stansiyasi qurilgan.
Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga kelib esa bunday qurilmalarning 19 tasi ishlay boshlagan. Robert Uotson-Vattning jamoasi barcha radarlarini yagona tizimga ulagan va signalni kuchaytirish orqali nemis samolyotlarini aniqlagan. Natijada nemis uchuvchilari Britaniya qiruvchi samolyotlarining har doim kerakli joyda va kerakli vaqtda paydo bo‘lishidan hayratda qolgan.
Urush tugaganda Uotson-Vatt jamoasiga katta miqdordagi pul mukofoti beriladi. Keyin radar ixtirochisi Kanadaga ko‘chib o‘tadi va u yerda muhandislik kompaniyasiga asos soladi.
Pensiyaga chiqqach, Shotlandiyadagi Pitloxri kichik kurort shaharchasiga joylashadi va u yerda 1973 yilda 81 yoshida vafot etadi.
Darvoqe, 1956 yilda Kanadada bo‘lgan vaqti Uotson-Vattni maxsus radar qurilmasida tezlikni oshirayotganini yozib olgan politsiya xodimi to‘xtatadi. Xabarlarga ko‘ra, jarimaga tortilgan olim "Agar ular (radar) bilan nima qilishlarini bilganimda edi, uni hech qachon ixtiro qilmagan bo‘lardim!", deb xitob qilgan ekan (https://grozny.tv/index.php/news/day-in-history/25375). 90 yil oldin birinchi radar sinovi o‘tkazilgan
Inglizcha “Radar” atamasi birinchi marta 1941 yilda qisqartma sifatida paydo bo‘lgan va keyinchalik mustaqil so‘zga aylangan.
Uni yaratgan olim radar orqali jarimaga tortilganida, bunday bo‘lishini bilganimda uni ixtiro qilmasdim, degan ekan...
Aslida maxsus tizim sanalgan bu qurilma dastlab harbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan. Tizimni Robert Uotson-Vatt 1935 yil 26 fevralda dengiz, havo va quruqlikdagi nishonlarni, shuningdek, ularning masofasi, tezligi va geometrik parametrlarini aniqlash uchun sinab ko‘rgan.
O‘sha vaqtda Yevropada yangi keng ko‘lamli urush xavfi ortib borayotgani sababli, radar ustida ishlar tezlashdi. 1937 yilga kelib, Angliyaning janubiy qirg‘og‘ida uchta radar stansiyasi qurilgan.
Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga kelib esa bunday qurilmalarning 19 tasi ishlay boshlagan. Robert Uotson-Vattning jamoasi barcha radarlarini yagona tizimga ulagan va signalni kuchaytirish orqali nemis samolyotlarini aniqlagan. Natijada nemis uchuvchilari Britaniya qiruvchi samolyotlarining har doim kerakli joyda va kerakli vaqtda paydo bo‘lishidan hayratda qolgan.
Urush tugaganda Uotson-Vatt jamoasiga katta miqdordagi pul mukofoti beriladi. Keyin radar ixtirochisi Kanadaga ko‘chib o‘tadi va u yerda muhandislik kompaniyasiga asos soladi.
Pensiyaga chiqqach, Shotlandiyadagi Pitloxri kichik kurort shaharchasiga joylashadi va u yerda 1973 yilda 81 yoshida vafot etadi.
Darvoqe, 1956 yilda Kanadada bo‘lgan vaqti Uotson-Vattni maxsus radar qurilmasida tezlikni oshirayotganini yozib olgan politsiya xodimi to‘xtatadi. Xabarlarga ko‘ra, jarimaga tortilgan olim "Agar ular (radar) bilan nima qilishlarini bilganimda edi, uni hech qachon ixtiro qilmagan bo‘lardim!", deb xitob qilgan ekan.