Abxaziya Rossiya va Belarus ittifoqiga qo‘shilishga tayyorligini bildirdi

Qisman tan olingan Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya respublika endilikda Rossiya va Belarusni o‘z ichiga olgan ittifoq davlatiga a’zo bo‘lishga tayyorligini aytdi.

"Rossiya, Belarus va ushbu ittifoqqa qo‘shilishni xohlaydigan boshqa davlatlar ittifoqi sifatida istiqbolli bo‘lsa, biz bu g‘oyani mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlaymiz va ittifoq davlatining to‘liq a’zosi bo‘lamiz" dedi Bjaniya Solovyov LIVE telekanali efirida.

Bjaniya ittifoq davlati g‘oyasi Abxaziya xalqiga yaqin ekanligi va “milliy manfaatlarga mos kelishi”ga to‘liq ishonch hosil qilishini qo‘shimcha qildi.

Rossiya va Belarus ittifoqi davlati 2000 yil yanvaridan beri mavjud. Ittifoq a’zolari umumiy parlament, konstitutsiya, yagona valyuta yaratishni muhokama qilgan bo‘lib, hozircha bitim qabul qilinmagan. 2019 yilda Rossiya tashabbusi bilan muzokaralar qayta boshlandi va 2021 yilda tomonlar Rossiya hamda Belarusni birlashtirishga qaratilgan 28 ta ittifoq dasturi bo‘yicha kelishib oldi.

2022 yil iyul oyida Aleksandr Lukashenko sobiq SSSR mamlakatlari ittifoq davlati bilan "yaqinlashishdan chin dildan manfaatdor bo‘lishi kerak, albatta, agar ular o‘z suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolishni istasalar", degan edi.