Adliya boshqarmasi bir qator davlat xizmatlari ko‘rsatishda uzilish bo‘lishi mumkinligini aytmoqda

Boshqarma xabariga ko‘ra, Samarqand shahar Amir Temur ko‘chasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari jarayonida viloyat adliya boshqarmasiga o‘tuvchi aloqa kabeli shikastlangan. Buning natijasida boshqarmada va tuman (shahar) adliya bo‘limlari, Davlat xizmatlari markazlari, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari internet ta’minotida vaqtincha  uzilish kuzatilmoqda.

"O‘zbektelekom" AK Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan aloqani tiklash ishlari olib borilmoqda. Muammo bartaraf e’tilgani haqida qo‘shimcha axborot beriladi.