Adliya vazirligi sariq jiletlardan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirish berdi

Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar hamda yo‘lni ta’mirlashga mas’ul xodimlar qorong‘ida nur qaytargichli kamzulda bo‘lishi kerakligi belgilangan.

Mazkur talab boshqa shaxslarga, shu jumladan piyodalar uchun majburiy emas.

Shuningdek, qonunchilikda Ichki ishlar vazirligi tomonidan piyodalarning qorong‘ida harakatlanayotganda nur qaytaruvchi ustki kiyimda bo‘lishini targ‘ib qilish yo‘l transport hodisalarining oldini olishda muhim vazifalardan biri ekanligi qayd etilgan.