“Adolat”dan saylangan deputat xasta bir ko‘ngilni obod qildi

Past Darg‘om tumani To‘qboy mahallasida yashovchi Kamola Qo‘chqorova nogironligi sababli “Adolat” SDP tuman kengashining “Adolat kabulxonasi”ga nogironlik aravachasi olib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgandi.

Murojaatni batafsil o‘rganib chiqqan tuman Kengashi deputati Shoxruhxon Xolmamatov “Sog‘lom avlod” xayriya jamg‘armasi tuman bo‘limiga deputat so‘rovi yubordi.

Deputatlik so‘rovi ijobiy yechim topib, K.Quchqorovaga nogironlik aravachasi berildi. Deputat jismoniy imkoniyati cheklangan fuqaroga o‘z hisobidan sport trenajyori va noutbuk hadya qildi.

Lola SAYIDOVA,

“Adolat” SDP viloyat kengashi matbuot kotibi.