"Adolat"SDP: Ishonchli vakil narpaylik saylovchilar bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Robaxon Mahmudovaning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Muzaffara Abdiyeva Narpay tumanida saylovchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ta’lim, tibbiyot sohasi xodimlari, mahalla faollari, partiya a’zolari, deputatlar hamda OAVlar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida ishonchli vakil nomzodning tarjimai holi bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. Saylovoldi dasturidan joy olgan xalqchil va hayotbaxsh g‘oyalar, maqsad va vazifalar, Dastur mazmun va mohiyati to‘g‘risida sodda, xalqona tarzda hayotiy misollar orqali tushuntirdi.
Fikr va mulohazalarga boy bo‘lgan uchrashuv so‘ngida saylovchilar qiziqqan savollariga ishonchli vakil tomonidan batafsil javoblar oldi.