Afg‘oniston prezidentining sobiq maslahatchisi Tolibonni Pokiston qo‘llab-quvvatlab kelganini bildirdi
Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘anining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulloh Mohib Tolibonning 2021 yil avgustida mamlakatda hukumatni qo‘lga kiritishdagi muvaffaqiyati sabablarini oshkor qildi. U Foreign Policy nashriga bergan intervyusida Pokiston Tolibonni sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidladi.
"Agar Pokistonning g‘amxo‘rlarcha yordami bo‘lmaganida, Tolibon hatto mavjud bo‘lmas edi", dedi Mohib. Bu davlat ular uchun mezbondek bo‘lib, ochiq faoliyat yuritish, tarafdorlar yollash, mablag‘, qurollarni qo‘lga kiritish, oilalarga panoh berish va hatto rasmiy hujjat va yashash ruxsatnomalarini olishga yordam bergan, qo‘shimcha qildi u.
Sobiq maslahatchining so‘zlariga ko‘ra, G‘ani ma’muriyati bir necha bor “Pokiston muammosi”ni ko‘targan, biroq xorijiy davlatlar bu mavzuni va Afg‘oniston hukumatining qulashida Pokiston rolini e’tiborsiz qoldirishni afzal ko‘rgan.
Avvalroq Xalqaro inqiroz guruhining Osiyo dasturi direktori Lorel Miller AQShning Afg‘onistondagi 20 yillik missiyasini baholar ekan, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondagi kampaniyadan "beshta asosiy saboq" olishi kerakligini aytdi. Shuningdek, AQShning respublikadagi muvaffaqiyatsizligini o‘rganishni e’tibordan chetda qoldirmaslikka chaqirdi.