Afg‘oniston sobiq politsiyachilari tartib o‘rnatishda Tolibonga yordam beradi
Afg‘onistonning oldingi hukumati davrida xavfsizlik kuchlarida xizmat qilgan politsiyachilar o‘z vazifalariga qaytish va Tolibonga Kobulda tartibni saqlashga yordam berishga qaror qilishdi, deb xabar berdi Tolo News.
"Hozirda Afg‘oniston poytaxtida joylashgan Tolibon kuchlari tez orada sobiq hukumat politsiyasi xodimlari va radikallar kombinatsiyasi bilan almashtiriladi. Ularning hammasi bir xil forma kiyadi", deyiladi xabarda.
Avgust oyining o‘rtalariga kelib, Amerika harbiy kontingenti Afg‘onistondan chiqib ketishi fonida Tolibon barcha yirik shahar va chegara o‘tish joylarini egallab oldi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini tark etib, Islom Respublikasida qariyb 20 yillik faoliyatiga nuqta qo‘ydi.
Tolibon rahbarlari chet el harbiylari ketishi bilan mamlakatda urush tugadi, deya e’lon qilishdi.
O‘tish qiyin Panjshir viloyati Afg‘onistonda jangarilar nazoratidan tashqaridagi yagona hudud bo‘lib qolmoqda.
Qarshilik kuchlari Islom Respublikasi shimoli-sharqidagi Baglan viloyatida ham harbiy faollikni kuchaytira boshladi.