Afg‘onistonda vabo kasalligi qayd etildi
- 12.07.2022 14:26
- 512
- Xorij
Afg‘onistonning “Khaama Press” agentligi xabariga ko‘ra, mamlakatning ikki viloyati - Hilmend va Zobulda bir sutkada 40 kishi vabo kasalligidan vafot etgan.
10 iyul kuni bu yerda 120 dan ortiq odam vabo bilan kasallangan. Qayd etilishicha, kasallanganlarning aksariyati Bag‘ron, Sivari va Daichopan tumanlari aholisidir. Har ikki viloyatga ko‘chma tibbiy brigadalar jo‘natilgan.
Agentlik ayrim fuqarolar sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmagan holda davolanayotganligi sababli vabo o‘lim bilan yakunlanganini yozgan.
“Tolibon” tomonidan tuzilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi ham Qandahor viloyatida bir nechta infeksiya holatlari aniqlangani haqida xabar bergan.