Aholi plastik kartadagi pullarini ko‘proq naqdlashtirmoqda
Markaziy bank tomonidan 2021 yil yanvar-avgust oylari uchun naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharhi e’lon qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan vaqt davomida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 317,4 trln so‘mni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 48,8 foizga oshgan. Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 157,6 trln so‘mni, bank kassalari va bankomatlardan chiqim qilingan naqd pullar 159,8 trln so‘mni tashkil etgan.
Joriy davrda bank kartalariga 178,1 trln so‘mlik mablag‘lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 58,8 trln so‘mlik (33 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan. Shundan 46,7 trln so‘m bankomatlar orqali yechib olingan.
O‘tgan yilning mos davrida bank kartalaridan 37,3 trln so‘m, bankomatlar orqali esa 28,8 trln so‘m naqdlashtirilgan.