Aholi va hududlarni turli tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan qanday muhofaza qilish mumkin?

Qishda havo haroratining keskin pasayib ketishi oqibatida fuqarolarning xonadonlarini isitish maqsadida turli yoqilg‘ilardan, har xil turdagi isitish va gaz uskunalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoji oshadi. Bu esa yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalari talablarining buzilishi natijasida xonadonlarda tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashiga, fuqarolarning is gazidan zaharlanib qolish ehtimolining oshishiga olib kelishi mumkin.
Xo‘sh, bunday paytda qanday tadbir qo‘llash, nimalarga e’tibor berish lozim? Samarqand viloyati hokimligida "Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi"ni o‘tkazishga bag‘ishlangan seminarda shu savollarga javob izlandi.
Seminar ishida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni o‘z vaqtida, samarali bartaraf etish chora-tadbirlari yuzasidan vazifalar belgilab olindi.