Aksiya 2019 yilda qurilgan turar joylarga taalluqli emas(mi?)
- 28.04.2019 18:05
- 286
- So'ragan edingiz
Savol: Men 2018 yil sentyabrda uy qurishni boshladim. Yaqinda uyim bitdi. Bir martalik aksiyada ishtirok eta olamanmi?
Javob: G‘ayrat Ahmedov, Angren shahar Davlat xizmatlari markazi direktori:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi PF-5421-sonli farmonining 2-bandiga asosan O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish yuzasidan o‘tkazilayotgan bir martalik umumdavlat aksiyasi faqatgina farmon qabul qilingan kunga qadar qurilgan imoratlarga nisbatan tatbiq qilinishi belgilangan.
Bundan kelib chiqadiki, bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmon qabul qilingan kundan (2018 yil 20 apreldan) keyin qurilgan imoratlarga nisbatan aksiya doirasida mulk huquqi e’tirof etilishi mumkin emas.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa