Aksiya: “Suv - hayot demakdir!”
- 12.07.2025 15:14
- 66
- Samarqand

Samarqand shahridagi “Yoshlik istirohat bog‘i”da Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi viloyat bo‘limi, “Samarqand suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati viloyat bo‘limi, “Yuksalish” harakati viloyat bo‘linmasi hamkorligida “Suv - hayot demakdir!” aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiyada suvdan foydalanish va uni toza saqlashda kishilarning madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi, ularga 100 dan ortiq turli xildagi badiiy kitob hamda jurnallar tarqatildi.
“Suv - hayot demakdir!” aksiyasi nafaqat Samarqand shahrida, balki viloyatning 8 ta hududida o‘tkazildi. Bu tadbirlarga 11 ming nafar ko‘ngilli fuqaro jalb qilindi.
Shuningdek, aksiya davomida 55 ta xususiy korxona monitoringdan o‘tkazildi. Aksiya davomida aniqlangan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari davom ettiriladigan bo‘ldi.
Baxtiyor Mustanov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ibratli voqea: Ehson
- Bugun, 19:07
- Mutolaa
Kattaqo‘rg‘onda yana qulupnay pishdi
- Bugun, 18:51
- Qishloq xo'jaligi
Mutolaa: Snayper (hikoya)
- Bugun, 13:53
- Mutolaa
Sevgi sababli ta’limdan voz kechish kerakmi?
- Bugun, 13:49
- Jamiyat