Chuchuk suv kerak, ammo uning ko‘pligi Arktikada halokatli iqlimni keltirib chiqaradi

Vashington universiteti, Los-Alamos milliy laboratoriyasi hamda Milliy okean va atmosfera boshqarmasi olimlari so‘nggi yigirma yil ichida Shimoliy Muz okeanidagi chuchuk suv miqdori 40 foizga oshganligini aniqladi. Atlantika okeaniga chuchuk suvning kirib kelishi global iqlimga falokatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Olimlarning fikriga ko‘ra, chuchuk suv to‘planishi Arktika muzlarining erishidan kelib chiqqan. Ayni vaqtda chuchuk suv sho‘r suv uzra joylashib, o‘ziga xos suv gumbazini hosil qilgan holda Bofort dengizi shamollari tomonidan ushlab turilibdi. Agar shamol tinsa, chuchuk suv shimoliy Atlantika, jumladan Labrador dengiziga kirib boradi. Bu, o‘z navbatida, Atlantika okeanidagi katta oqimlar, shuningdek sovuq va iliq suv aylanishiga ta’sir qiladi.

Tadqiqotchilar xulosasi Bofort dengizida 1983-1995 yillarda chuchuk suv tarqalishi kuzatilgan okean aylanishi modelyasiyasiga asoslangan. Ma’lum bo‘lishicha, toza suvning katta qismi Kanadaning Arktika arxipelagi orqali Labradorga yetib kelgan. Ushbu hodisa davomida Labradorning sho‘rligi mingga 0,2-0,4 qismga kamaydi.

Hozirgi kunda Bofort dengizidagi chuchuk suv hajmi o‘tgan galgidan ikki baravar ko‘p va 23 ming kub/kilometrni tashkil qilmoqda. Bunday chuchuk suv «bomba»sining Atlantika okeaniga aniq ta’sirini oldindan aytib bo‘lmasa-da, ammo olimlar butun Shimoliy yarim shar iqlimiga katta ta’sir qiladi, deb hisoblashadi.

G.Xoldorova tayyorladi.