Kim, qancha suv solig‘ini to‘laydi?

O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni bilan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari belgilangan.

Qayd etish lozimki, soliqning ushbu turi yer usti va yer osti suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lanadi. Yer usti suv resursining 1 kub metri uchun iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar, dehqon xo‘jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar), tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda suv resurslaridan foydalanadigan jismoniy shaxslar 140 so‘m, sanoat korxonalari 410 so‘m, avtotransport vositalarini yuvishga ixtisoslashgan korxonalar 1380 so‘m, elektr stansiyalari 35 so‘m, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari 70 so‘m, pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulot va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar 21900 so‘m (pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlar va alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha) va 410 so‘m (boshqa maqsadlarda) to‘laydi.

Yer osti suv resursining 1 kub metri uchun iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar, dehqon xo‘jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar), tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda suv resurslaridan foydalanadigan jismoniy shaxslar 170 so‘m, sanoat korxonalari 490 so‘m, avtotransport vositalarini yuvishga ixtisoslashgan korxonalar 1730 so‘m, elektr stansiyalari 60 so‘m, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari 90 so‘m, pivo va vinodan tashqari, alkogol mahsulot va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar 21900 so‘m (pivo va vinodan tashqari, alkogol mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha) va 490 so‘m (boshqa maqsadlarda) to‘lashi belgilangan.

Umid ALIMOV,

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xodimi.