Aliment qistovidan har oy bezormisiz? Bunga MIBda yechim bor

Farzand ta’minoti uchun alimentlarni oldindan bir yo‘la to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish mumkin.
Alimentlarni oldindan to‘lash bola voyaga yetguniga qadar har qanday davr uchun, biroq 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi.
Bunda quyidagilar talab etiladi.
Byuroning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan berilgan aliment to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, shuningdek, davlat ijrochisining oldindan to‘lash belgilangan alimentlar summasini hisoblash to‘g‘risidagi qarorini Sudga beriladigan arizaga ilova qilinishi lozim bo‘ladi.
Davlat ijrochisi ijro hujjati ijrosi usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ajrimni olgandan so‘ng, qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklovlarni, shu jumladan qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni bekor qiladi.
Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi.

(t).