Amakisining qotiliga aylangan jiyan 12 yil muddatga qamaldi

Voqea Urgut tumanida sodir bo‘lgan.

Sud hujjatlarida aniqlanishicha, yigit ishlab kelish uchun xorij davlatiga bormoqchi bo‘lgan, biroq fermerlik faoliyati bo‘yicha qarzdorligi tufayli chegaradan qaytarilgan. Ixtiyorida yer maydoni bo‘lmagani uchun surishtirgach, amakisi qarzdorlikni uning nomiga rasmiylashtirilgani ma’lum bo‘lgan.
Oqibatda amaki va jiyan o‘rtasida janjal chiqqan. Yigit amakisiga oshxona pichog‘i bilan zarba bergan va oqibatda uning halok bo‘lishiga sababchi bo‘lgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi qotillik ishiga nuqta qo‘ydi. Jiyan sud hukmi bilan 12 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.