Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Amerikalik va pokistonliklar masofadan turib samarqandliklar uchun mahorat darslari tashkil etadi

“Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali ishtirokchilari tanlovdan tashqari joylarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Bir guruh xorijlik san’atkorlar Samarqand shahrining chekka hududi Kimyogarlar qo‘rg‘onida joylashgan 6-son bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib, bolalar va ularning ustozlari bilan uchrashdi. Mehmonlar musiqa va san’at maktabida ta’lim-tarbiya olayotgan bolalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, ular tomonidan bolalar uchun mahorat darslari ham tashkil etildi.

- O‘quvchilarimizning festival ishtirokchilari bilan uchrashgani Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi oldidan o‘ziga xos bayramona kayfiyat bag‘ishladi, - deydi 6-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi Shohruh Mamarasulov. – Asosiysi, bolalar bilan muloqotda bo‘lgan amerikalik va pokistonlik san’atkorlar o‘z yurtlariga borgandan keyin ham biz bilan aloqada bo‘lishini, internet orqali onlayn tarzda mahorat darslari o‘tish, tajriba almashib turishni taklif qilishdi.

To‘lqin Siddiqov.