Amerikaning ayrim shtatlarida 21 yoshgacha chekish taqiqlangan
- 22.07.2019 11:59
- 33
- Xorij
Amerikaning Ogayo shtatida 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga tamaki mahsulotlari sotish taqiqlandi, deb yozmoqda xabar.uz. Shuningdek ushbu taqiq tamaki o‘rashda qo‘llanadigan qog‘ozga va boshqa chekish bilan bog‘liq mahsulotlarga ham joriy etilgan. Avvallari Ogayoda 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki mahsulotlari sotish taqiqlanar edi. 2015 yilda Gavayi bu borada tashabbus bildirgan ilk shtat bo‘lgan. Aynan shu yerda tamaki chekish uchun 21 yoshlik cheklov belgilangan edi.
2016 va 2017 yillarda Kaliforniya, Oregon, Nyu-Jersi va Menda ham shunday taqiq o‘rnatildi. 2019 yilning boshida Konnektikut, Vashington, Illinoys va yana bir necha shtatlar bu tashabbusga qo‘shildi.
Teglar:
chekish
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 30 daqiqa avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa