Amir Temur Ikkinchi Renessans homiysi

Samarqand shahridagi N-harbiy qismda shu mavzuda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olgan Amir Temur jamg‘armasi raisi Qo‘ziboy Mamaraimov Sohibqironning shaxsi va salohiyati, harbiy taktikasi va uning g‘alabalari ahamiyati, fotihlik va bunyodkorlik xislati haqida gapirdi.
Professor Xidirali Fayziyev Amir Temur haqida jahon miqiyosida yozilgan tarixiy asarlar va unda Sohibqiron siymosini aks ettirilishi haqida qisqacha to‘xtalib, ulug‘ bobomizning insoniy xislatlariga Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari asosida tushunchalar berdi.
Muloqotda so‘zga chiqqan Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T. Tugalov Amir Temur va temuriyzodalarning ilm-fan, adabiyot va san’at ahliga ko‘rsatgan rahnomoliklari, ikkinchi Renessans yuzaga chiqargan daholar yutug‘i to‘g‘risida gapirib, buyuk Alisher Navoiy sanab o‘tgan temuriy shahzoda-ijodkorlar haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi.
Harbiylar olim va ijodkorlar bilan muloqot davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga qiziqarli javoblar oldi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi.