Andijon shahrida 52 ta radar kamerani tosh bilan urib sindirgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

1976 yilda tug‘ilgan M.S. Andijon shahri hududidagi 29 ta chorrahaga o‘rnatilgan “TELECOM SOFT” MChJga tegishli bo‘lgan 51 dona “Hikvision” rusumli yo‘l harakati qoidalari buzilganligini aniqlaydigan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qilish dasturiy-texnik vositalari va 1 dona “Hikvision” rusumli radar kompleksiga, o‘ziga tegishli bo‘lgan “SRKET” rusumli pnevmatik miltiqdan o‘q otish orqali qasddan shikast yetkazgan. Ushbu holat bo‘yicha o‘tkazilgan sud-tovarshunoslik ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, jami 1 mlrd 147 mln so‘m moddiy zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.