Andijonda SEOM mansabdorlari 159,3 million so‘mlik byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruvda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari “T.D.F” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 326,4 million so‘m bo‘lgan “gipoxlorid kalsiy 65 %” dezinfeksiyalovchi vositasini 485,7 million so‘mga (o‘rtacha bozor narxidan 159,3 million so‘mga qimmat) sotib olib, ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan markazning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 va 205-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.