Angliyadagi svetofor daraxti

Londonda "Svetofor daraxti" (Traffic Light Tree) nomi bilan mashhur bo‘lgan noodatiy san’at ob’yekti bor.
Daraxt shaklida o‘rnatilgan 75 ta svetofordan iborat 8 metrli ushbu art-ob’yekt 1998 yilda rassom Per Vivant tomonidan yaratilgan.
Balandligi 8 metrga yetadigan "Svetofor daraxti" oddiy daraxt tuzilishini juda real tarzda takrorlaydi. Ushbu daraxtning poyasi va har bir shoxiga tabiiy ranglarda miltillovchi 75 ta svetofor joylashtirilgan. Svetoforlar ranglarni tasodifiy ravishda o‘zgartirib, hayotning tabiiy ritmiga taqlid qiladi. Rassom ushbu ob’yekt orqali insoniyatni qurshab olgan "maishiy, moliyaviy va tijoriy hayotning cheksiz ritmi"ni aks ettirishni xohlaydi.
Qiziqarli faktlar:
• Ayrim haydovchilar dastlab “Svetofor daraxti”ni haqiqiy svetofor bilan adashtirib yuborgan.
• 2005 yilda svetofor daraxti britaniyalik avtoulovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda Londondagi eng qiziqarli chorraha sifatida g‘olib chiqqan.
• 2011 yilda hudud obodonlashtirilishi tufayli svetofor daraxti vaqtincha olib tashlangan, lekin 2013 yilda yana o‘zining yangi joyiga qaytarildi.