Antaliyada noyob sarkofag topildi

Turkiyaning Antaliya viloyati Demre tumanidagi Avliyo Nikolay cherkovida sarkofag topildi.

Bu haqda Hatay Mustafo Kamol universiteti San’at tarixi bo‘limi o‘qituvchisi va qazish ishlari bo‘limi boshlig‘i professor Ebru Fatma Findik ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, Turkiya Madaniyat va turizm vazirligining “Kelajak merosi” loyihasi doirasida janubdan cherkov hovlisi bilan chegaradosh 20 metr uzunlikdagi ikki qavatli bino ichida qazish ishlari olib borilmoqda.

“Imorat ichida burg‘ulash chog‘ida kutilmagan bir sarkofagga duch keldik. U bezaksiz sarkofaglar guruhi orasida, mahalliy toshdan yasalgan va biroz baland barrel shaklidagi tomi bor. Qopqoqning tor tomonida yarim doira shaklidagi tutqich mavjud. Taxminan 2 metr uzunlikdagi sarkofagning yer osti qismi 1,5-2 metr balandlikda bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Uning mintaqadagi sarkofag turlariga o‘xshashligi hayratlanarli.

Bundan tashqari, burg‘ulash jarayonida sarkofagga yetib borgunga qadar ko‘plab moy chiroq parchalari va hayvonlarning suyaklari ham topildi”, deydi mutaxassislar.

“Asl joyida turgan sarkofagni birinchi marta uchratishimiz. Avliyo Nikolay qabri joylashgan, deb taxmin qilingan cherkovga juda yaqin joyda sarkofagning topilgani bizni juda quvontirdi. Loyiha doirasida u joylashgan hududda qazish va restavratsiya ishlarini yakunlab, mamlakatimiz turizmiga hissa qo‘shishdan mamnunmiz”, deydi professor Ebru Fatma Findik.

Zilola tayyorladi