Antraktidadagi yashiringan «qadimgi yovuzlik»

G‘ayritabiiy hodisalarni tatqiq etuvchi ayrim olimlar Antraktidani o‘rganish xatarli, deb hisoblashadi. Unga jismoniy “tazyiq o‘tkazish” - kovlash, burg‘ulash yanada xavfli.
Gap shundaki, oq qit’a qa’rida qadimgi yovuz kuchlar yashiringan va odamlar bexosdan ularni ozodlikka chiqarib yuborishi mumkin. Bundan ham battari -g‘ayritabiiy hodisalarni o‘rganuvchi tadqiqotchilarni sirli piramidalar tashvishga solmoqda.
Bu piramida Elsuort tog‘ida - Janubiy Amerika qarshisida joylashgan, 1935 yilda havodan amerikalik tadqiqotchi Linkolin Elsuort tomonidan aniqlangan. Piramida to‘rt qirrali, tomonlari 2x2 kilometr hajmda, balandligi ham 2 kilometr. Uni hozirgacha hech kim tadqiq qilmagan. Ko‘pchilik olimlar piramidani tabiiy, deb hisoblasa, fanga muqobil tadqiqotchilar ularni yo odamzod qurgan, yo boshqa aqlli mavjudotlar barpo etgan, deb ta’kidlashadi.
***
Haqli xavfsirash
Olimlarning xavfsirashlarida jon bor: Abadiy muzliklar qa’rida qulay fursat kelishini kutib, qadimiy viruslar yashirinib yotibdi. Agar ular yuzaga chiqsa, odamzod chorasiz qolishi aniq.
Gap shundaki, biror kasallikka qarshi immunitet hosil bo‘lishi uchun ma’lum vaqt kerak. Agar global isish va abadiy muzliklarni jadal erishi natijasida viruslar yuzaga chiqib qolsa, insoniyat unga qarshi immunitet hosil qilishga ulgurmaydi.
«Biz muz ostida qanday viruslar borligini bilmaymiz, - deydi virusolog Marion Kupmans, - ammo o‘ylashimcha, ulardan biri poliomiyelitning qadimiy shaklini chaqiruvchi virus bo‘lishi mumkin».
Olim Artktikani kuzatish tarmog‘i yaratish va viruslarni paydo bo‘lishiga imkon bermaslikni taklif qilgan.
T.Shomurodov tayyorladi.