AQSh bombardimonchilari «Tolibon»ga zarba berdi

Afg‘oniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Favod Omonning aytishicha, "Tolibon» radikal jangarilari AQSh bombardimonchilarining hujumlari oqibatida yo‘qotishlar ko‘rdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

«Tolibon»lar guruhi B-52 samolyotlarini Juzjon viloyati Shibirg‘on shahrida nishonga olindi. AQSh harbiy-havo kuchlarining havo hujumlari natijasida terrorchilar katta yo‘qotishlarga duch keldi", dedi rasmiy.

Avvalroq, Timesdagi manba AQSh Tolibonga qarshi kurashish uchun Afg‘onistonga B-52 Stratofortress bombardimonchilarini uchirgani haqida xabar bergan edi.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida terrorchi deb tan olingan «Tolibon” harakati bir kunda Afg‘onistonning ikkinchi yirik shahrini egallab oldi. Shimoldagi Juzjon provinsiyasi poytaxti Shibirg‘on islomiylar nazoratiga o‘tdi. U Afg‘onistonning "shimoliy darvozasi" deb ham ataladi. «Frans Press» agentligiga bergan intervyusida shaharning qulashi haqidagi ma’lumotlarni gubernator o‘rinbosari Kader Malida tasdiqladi.

Juma, 6 iyul kuni «Tolibon» Afg‘oniston janubi-g‘arbidagi Eron bilan chegaradosh Nimroz viloyatining ma’muriy markazi Zaranjni egalladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 150 mingdan ortiq aholi yashaydigan shahar qurolli to‘qnashuvlar bo‘lgan Shibirg‘ondan farqli o‘laroq, jangsiz taslim bo‘lgan.

AQSh va NATO davlatlari 2020 yilda «Tolibon» va AQSh vakillari o‘rtasida tuzilgan tinchlik shartnomasi doirasida qo‘shinlarni mamlakatdan olib chiqa boshlagach, Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashdi.