AQSh Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni bekor qilish shartlarini ma’lum qildi
- 03.08.2020 17:55
- 378
- Xorij
Agar Rossiya Federatsiyasi xorijda tajovuzkorlikdan o‘zini tiyib, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa bilan do‘stona hamkorlikni yo‘lga qo‘ysa, AQSh tomonidan qo‘llanilayotgan sanksiyalarga hojat qolmaydi. Bu haqda AQSh xavfsizlik masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi Robert O‘Brayen The Washington Post nashrida chop etilgan maqolasida ma’lum qildi.
“Agar Rossiya AQShning hamkoriga aylansa, savdo-sotiq gullab yashnaydi va bu hamkorlikdan nafaqat ikki mamlakat, balki butun dunyo manfaatdor bo‘ladi”, deb yozilgan maqolada.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan yangi munosabatlar o‘rnatishga harakat qilmoqda. Shuningdek, O‘Brayenning ta’kidlashicha, Ronald Reygen davridan beri hech bir AQSh prezidenti bunday harakatlarni amalga oshirishga jur’at etmagan.