AQSh shimolidagi shaharcha prezidentlik saylovi natijalarini birinchi bo‘lib e’lon qildi
Qo‘shma shtatlarda prezidentlik uchun saylov yakuniy bosqichga kirdi. Vitse-prezident Kamala Xarris va sobiq prezident Donald Tramp Nyu-Xempshirdagi mittigina Diksvill Notch shahrida uchtadan ovoz bilan tenglashdi. Bu haqda CNN xabar bergan.
Ovoz berishda to‘rt nafar respublikachi va ikki nafar e’lon qilinmagan saylovchilar ishtirok etgan. Nyu-Xempshirning shimoliy chekkasida AQSh-Kanada chegarasida joylashgan shaharcha yarim tundan keyin ovoz berishni ochdi va yopib qo‘ydi. Bu 1960 yildan boshlangan an’ana.
AQShda bugun, 5 noyabr kuni prezidentlik saylovida ovoz berish boshlandi. Asosiy kurash Demokratik va Respublikachilar partiyalaridan nomzodlar – AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris va 45-prezident Donald Tramp o‘rtasida kechmoqda.
Shtatlarda ovoz berish natijalari asta-sekin 6 noyabr ertalabgacha qabul qilinadi. Oxirgi saylovoldi so‘rovlari shuni ko‘rsatdiki, ularning to‘rttasida Trampning kichik farq bilan, uchtasida esa Xarrisning g‘alaba qozonish imkoniyati yuqori. Aksariyat federal so‘rovlar Xarrisning milliy miqyosda bir oz oldinda ekanligini ko‘rsatmoqda.