AQShda o‘zbekistonlik migrant haydovchi bilan bog‘liq hodisa katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda
- 09.07.2026 11:19
- 199
- Siyosat
Ogayo shtatida 42 yoshli Bekzod Asrorov boshqaruvidagi yuk mashinasi Honda Accord rusumli yengil avtomobil bilan to‘qnashgan. Oqibatda 21 yoshli futbolchi Tobias Forsayt halok bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, haydovchi voqeadan so‘ng dalillarni yo‘q qilishga uringan.
Hodisa joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari B.Asrorov ingliz tilini bilmasligini aniqlagan. Shu sababli u bilan muloqot qilishda Google Tarjimon xizmatidan foydalanilgan.
AQSh transport vaziri Shon Daffi ushbu fojiaga munosabat bildirib, ingliz tilini bilmaydigan migrantlarga yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishlashni taqiqlash taklifini ilgari surdi.
«Asrorovga o‘xshagan, yo‘l belgilaridagi yozuvlarni o‘qiy olmaydigan yoki politsiya xodimlari bilan muloqot qila olmaydigan haydovchilarning Amerika avtomagistrallarida 36 tonnali yuk mashinasini boshqarishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz», dedi Shon Daffi.