AQShlik farmatsevt vaksina sertifikatlarini sotgani uchun 120 yilga qamalishi mumkin

AQSh adliya vazirligi kecha, 17 avgust kuni AQSh huquq-tartibot idoralari Internet orqali yuzdan ortiq COVID-19 ga emlash sertifikatini sotgan va ayni paytda 120 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi kutilayotgan farmatsevtni hibsga oldi.

Rasmiylar Chikago shtatining 34 yoshli fuqarosi Tangtan Chjaoga hukumat mulkini o‘zlashtirishda 12 ta ayblov qo‘ygan. "Agar u aybdor deb topilsa, unga har bir aybi uchun 10 yil qamoq jazosi tayinlanishi mumkin", deyiladi press-relizda.

Farmatsevt 2021 yil mart-aprel oylarida COVID-19 ga qarshi emlashni tasdiqlovchi CDC tibbiy regulyatori tomonidan chiqarilgan 125 ta haqiqiy blankni sotishda gumon qilinmoqda. Qo‘l bilan to‘ldiriluvchi har bir blank uchun u 10 dollar olgan, deyiladi relizda.

"Vaksina kartalarini emlanmagan odamlarga sotish millionlab odamlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradi. Mamlakatimiz xavfsizligini pullash nafaqat pandemiyaga qarshi kurashayotganlarga nisbatan haqorat, balki bu og‘ir oqibatlarga olib keladigan federal jinoyatdir", dedi FBRning Chikago ofisining boshlig‘i Emmerson Byu.

Qo‘shma Shtatlarda kasallikning yangi avj olishi fonida ko‘plab davlat idoralari va xususiy kompaniyalar o‘z xodimlarini koronavirusga qarshi emlash va mijozlardan emlanganlikni tasdiqlovchi hujjat talab qilishmoqda.