Armaniston armiyasi Pashinyan va hukumat iste’fosini talab qildi

Armaniston Qurolli kuchlari Bosh vazir Nikol Pashinyan va hukumat iste’fosini talab qilmoqda. Bu haqda respublika Qurolli kuchlarining bosh shtab-kvartirasi bayonotida aytildi.

«Armaniston Bosh vaziri va hukumati arman xalqi uchun o‘ta muhim va hal qiluvchi vaziyat – Tog‘li Qorabog‘ masalasida yetarli darajada qaror qabul qila olmayapti. Mavjud vaziyat munosabati bilan Armaniston Qurolli kuchlari Armaniston Respublikasi Bosh vaziri va hukumati iste’fosini talab qilish bilan birga farzandlari Vatani va Arsaxni himoya qilishda halok bo‘lgan odamlarga qarshi kuch ishlatmaslik haqida ogohlantirmoqda”, deb yozadi harbiylar.

Pashinyanning iste’fosi to‘g‘risidagi talab 40 dan ortiq yuqori martabali harbiylar tomonidan imzolandi, deya xabar berdi "Novosti Armenii".

Bir kun oldin Pashinyanning iste’fosini talab qilib «Vatanni qutqarish harakati» muxolifati Yerevan davlat universiteti binosiga bostirib kirdi.

23 fevral kuni hukumat binolari majmuasi yaqinida Pashinyanning iste’fosini talab qilgan namoyish paytida Yerevan politsiyasi 57 kishini hibsga oldi. O‘sha kuni minglab harakat tarafdorlari mahkama rahbari bilan uchrashishni talab qilib, Armaniston politsiyasi binosini to‘sib qo‘yishdi, deb xabar qildi «Dashnaksutyun» partiyasi vakili Ishxan Sagatelyan.

Aktivistlar Pashinyan iste’fosini Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzolaganidan so‘ng talab qila boshlashdi. Pashinyan bitimni qon to‘kilishini to‘xtatishning yagona usuli deb atadi. O‘tgan yilning 25 dekabrida u asosiy muxolifat kuchlari muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risida memorandum imzolashi sharti bilan iste’foga chiqishga tayyorligini, unga qadar u amaldagi maqomini saqlab qolishini e’lon qildi. Muxolifat bu tashabbusni rad etdi.