Armaniston Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida muzokaralar olib borishga tayyor
Yerevan YeXHT (Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti)ning Minsk guruhi bilan Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish masalasida ishlashga tayyor. Bu haqda 2 oktyabr kuni Armaniston TIV xabarida ma’lum qilindi. (RIA Novosti xabari).
“Armaniston Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni tinch yo‘l bilan barqarorlashtirish fikrida qoladi. Biz Arsaxga (Tog‘li Qorabog‘ning boshqa nomi) qarshi hujumlarga qat’iyat bilan qarshi turishda davom etamiz, shu bilan birga 1994-1995 yilda joriy etilgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini tiklash uchun YeXHTning Minsk guruhi bilan ishlashga tayyormiz”, - deyilgan Armaniston TIV saytida nashr etilgan e’londa.
Shuningdek, Armaniston TIV, Yerevan kuch ishlatilishini yoki u orqali tahdid solinishini hamda Turkiyaning Armaniston va Qorabog‘ga qarshi jangovar harakatlardagi ishtirokini qoralashini ma’lum qildi.
“Ozarbayjon va Turkiyaning tajovuzkorona harakatlari va xorijiy terrorchilarni jalb etishlari mintaqaviy xavfsizlik va tinchlikka rahna soladi, keng ko‘lamli urush xavfini sezilarli darajada oshiradi. Arsaxga qarshi qo‘llanilayotgan agressiya zudlik bilan to‘xtatilishi shart”, - deyilgan e’londa.
Bundan tashqari, Rossiya, AQSh va Fransiya prezidentlari tomonidan Qorabog‘ hududidagi vaziyat qoralangani Yerevan tomonidan qo‘llanilishi ta’kidlangan.