Armanistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari sanasi e’lon qilindi

Armanistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari 20 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda respublika bosh vaziri Nikol Pashinyan "Obod Armaniston" muxolifat fraksiyasi rahbari Gagik Sarukyan bilan muzokaralardan so‘ng ma’lum qildi.

Facebookdagi sahifasida hukumat rahbari: "Saylovlar - hozirgi ichki siyosiy vaziyatdan chiqishning eng yaxshi yo‘li" deb ta’kidladi.

Pashinyan, shuningdek, "Ma’rifatli Armaniston" muxolifat fraksiyasi rahbari Edmond Marukyan, hukmron "Mening qadamim" fraksiyasi va prezident Armen Sarkisyan bilan muzokaralar o‘tkazdi. «Vatanni qutqarish harakati» esa saylovlarga Pashinyan ishtirokisiz tayyorgarlik bilan shug‘ullanadigan texnik kabinet tuzishni talab qilmoqda.

"Parlamentdagi hukumatga yaqin blok, garchi biroz qisqartirilgan variantda bo‘lsa ham o‘zini o‘zi kafolatlashi mumkin. Ammo muxolifat sobiq korrupsiyalashgan vazirlar mahkamasi bilan aloqasi tufayli ma’lum darajada obro‘sizlanmoqda. Bu uning aksariyat vakillari yangi qonun chiqaruv organiga kirish uchun yetarli ovoz to‘play olmasligini anglatadi" deydi ekspert Richard Grigosyan.

Tog‘li Qorabog‘ uchun Ozarbayjon bilan urushda mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, Armaniston chuqur ichki siyosiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Amaldagi hukumat bunda o‘zining o‘tmishdoshlarini, muxolifat esa mamlakatning amaldagi rahbariyatini ayblamoqda.