«ArMi—2020»: O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar «Qurolsoz usta» yo‘nalishida kuchlilar qatoridan o‘rin oldi

O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar Xalqaro armiya o‘yinlarining «Qurolsoz usta» yo‘nalishining faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Rossiyaning Penza viloyatiga o‘tkazilgan bellashuvlar natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rin mezbon davlatga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Armaniston harbiylari yakun yasagan.

G‘oliblarga kubok, medallar va qimmatbaho sovg‘alarni Rossiya Mudofaa vazirligi raketa-artilleriya bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Nikolay Parshin va Penza viloyati gubernatori Ivan Belpzertsev topshirdi.

Xalqaro musobaqa beshinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Mazkur bellashuvda beshta jamoa ishtirok etdi. Laos, Kambodja, Kongo va Abxaziya jamoalari birinchi bor «Qurolsoz usta» tanlovining ishtirokchilariga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, «Qurolsoz usta» yo‘nalishida ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilarimiz mana ikki yildirki faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. O‘tgan yili ushbu jamoa musobaqalar mezboni Xitoyni oldinga o‘tkazgan holda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.