Asosiy fan olimpiadasi viloyat bosqichi boshlandi

Samarqand shahridagi 24-umumta’lim maktabida birinchi guruh (matematika, fizika, kimyo va biologiya, informatika) fanlaridan asosiy olimpiadaning 3-(viloyat) bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadaning tuman, shahar bosqichlarida Samarqand viloyatidan 20 mingdan ortiq o‘quvchi qatnashdi.

Birinchi guruh fanlaridan asosiy olimpiasida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi maktablardan 720 nafar, akademik litseylardan 174 nafar, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tasarrufidagi maktablardan 466 nafar, Prezident maktabidan 29 nafar, 2022-2023-o‘quv yilida o‘tkazilgan fan olimpiadasining viloyat bosqichida 1-o‘rinni olgan o‘quvchilar 10 nafar, jami 1399 nafar o‘quvchilar qatnashishi kutilmoqda. 

Olimpiada matematika, fizika, kimyo va biologiya, fanlaridan ikkita turda, yozma va test shaklida tashkil qilinadi.

4-5 noyabr kunlari bellashuvni 9-sinf o‘quvchilari boshlab beradi. 6-7 noyabr kunlari 10-sinf, 8-9 noyabr kunlari tuman-shahar olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan 11-sinf o‘quvchilari uchun bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. 

Ayni paytda olimpiada yozma ish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.