Asriy an’analarimiz davomiyligi: Qo‘g‘irchoqlarni gapirtirgan hunarmand
Samarqand shahridagi "Chorsu" san’at galereyasida “Asriy an’analarimiz davomiyligi” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmada toshkentlik hunarmand Dono Muhammedova tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi qo‘g‘irchoqlar va ular ishtirokidagi kompozitsiyalar namoyish etilmoqda.
Unda hunarmandning "Bu mening onam", "Sovchilar", "Chimildiq", "Qadimgi o‘zbek xonadoni" kabi bir-biridan betakror san’at asarlari nafaqat yurtimiz, balki xorijlik san’at ixlosmandlarida ham katta qiziqish uyg‘otdi.
Dono Muhammedova qadimiy an’analarni boyitib, milliy qo‘g‘irchoqlar yasash san’atini rivojlantirishga doir bir qator respublika va xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, sovrindor bo‘lgan.