Atambayev himoyachisi uni hibsga olinishi ustidan shikoyat bilan chiqdi
- 15.08.2019 15:59
- 154
- Xorij
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning himoyachisi Sergey Slesarev, Atambayev uchun ehtiyot chorasi ustidan sudga shikoyat bilan chiqdi. Bu haqida u TASSga xabar berdi.
Slesarev so‘zlariga ko‘ra, u Atambayevga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirish to‘g‘risida sudga shikoyat bilan murojat qilgan. Shikoyat 16 avgust kuni Bishkek shahar sudida ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, Atambayev 8 avgust kuni Koy–Tash qishlog‘ida maxsus tadbir chog‘ida hibsga olingan. Hukumat kuchlari va sobiq prezident tarafdorlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv natijasida bir nafar maxsus xizmat jangchisi halok bo‘ldi, 90 dan ortiq odam jarohatlandi.
Teglar:
Almazbek Atambayev