Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori (114-son, 25.03.2026 y.) bilan “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash, berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizomning amal qilishi milliy va xorijiy tashuvchilarga tatbiq etiladi.
Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston ruxsatnomalarida avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish turlari va ulardan foydalanish shartlari ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston va xorijiy ruxsatnomalar quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:
▫️ ikki tomonlama/tranzit yuk tashish uchun;
▫️ uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun;
▫️ universal (ikki tomonlama, tranzit va uchinchi davlatga/dan yuk tashish);
▫️ ikki tomonlama yuk tashish uchun;
▫️ tranzit yuk tashish uchun;
▫️ ikki tomonlama qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun;
▫️ tranzit qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun.
Avtomobilda yo‘lovchilarni xalqaro muntazam tashishlar O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatning vakolatli organlari o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha tashkil etiladi.