Avval bir oylik harbiy xizmat, so‘ngra tadbirkorlik

 

 

Samarqand harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan 526-SChR batalonida shu mavzuda tadbir tashkil etildi.

Bir oylik safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatchilar ishtirok etgan tadbirda yoshlarning bandligini ta’minlash, ayniqsa tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun yaratilayotgan imtiyozlar haqida gap bordi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi qarori asosida tashkil etilgan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yigit-qizlarga beriladigan ko‘magi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Suhbat davomida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan 70 nafardan ortiq yigitlar uchun Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda o‘quv kurslari tashkil etishga kelishib olindi.