«Axborot-kutubxona a’lochisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
Hukumatning 22 dekabrdagi tegishli qarori bilan «Axborot-kutubxona a’lochisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi.
Mazkur ko‘krak nishoni bilan axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishning yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qo‘shgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan va mazkur yo‘nalishda yuqori natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar mehnatga haq to‘lash bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida (bugungi kunda — 2 717 320 so‘m) bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotini oladi.