“Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishonining ilk sohiblari ma’lum bo‘ldi
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlar xodimlari “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida ma’lum qilindi.
Jumladan:
⚫ Abduraimova Norgul Sansizbayevna – O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Qonunchilik, huquqiy targ‘ibot va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi mudiri;
⚫ Avazmetov Bekpo‘lat Sheritmovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani moliya bo‘limi bosh yuriskonsulti;
⚫ Jaloliddinov Kamoliddin Sharobiddin o‘g‘li – Andijon shahar 13-son davlat notarial idorasi notariusi;
⚫ Karimjonov Muhammadamin Muhammadaliyevich – Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi;
⚫ Muqimov Ziyodulla – Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi, professor;
⚫ Pardayeva Feruza Ne’matullayevna – Jizzax shahridagi 22-ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining huquq fani o‘qituvchisi;
⚫ Tangriyev Husan Shodiyevich – Davlat bojxona qo‘mitasining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi bosh inspektori;
⚫ Urdusheva Gulchehra Mamatqulovna – Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi davlat soliq katta inspektori;
⚫ Xudoyberdiyev Xushnud G‘ayratovich – huquqshunos, bloger;
⚫ Choriyeva Zarbibi Choriyevna – “O‘zbekiston 24” radiokanali Axborot-tahliliy dasturlar bo‘limi bosh muharriri o‘rinbosari;
⚫ Yunusova Maxpuba – Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 41-maktabning tarix va huquq fanlari o‘qituvchisi;
⚫ Yunusova Gulnoraxon Ergashaliyevna – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasi birinchi toifali muharriri.
Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘krak nishoni Prezidentimizning “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni bilan ta’sis etilgan.
Ko‘krak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida tantanali ravishda o‘z egalariga topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.