Ayni vaqtda sayyoramizda qisman Oy tutilishi kuzatilmoqda

Mutaxassislarga ko‘ra, mazkur Oy tutilishi so‘nggi 500 yildan buyon eng uzuni — 3,5 soat davom etadi.

Oy tutilish vaqti soat 12:20 dan 15: 48 gacha davom etadi. Astronomlar Oy Quyoshni butunlay yashirolmasligini aytmoqda. Shuning uchun uning qirralari yorqin porlaydi.

Yil boshida 2021 yilda to‘rtta tutilish bo‘lishi aytilgandi. Ikki marta Quyosh va ikki bor Oy tutilishi. 26 may kuni Oy to‘liq tutilgandi. 4 dekabr kuni esa Quyoshning to‘liq tutilishi yuz beradi. U Antarktika mintaqasida sodir bo‘ladi. Shuningdek, 10 iyun kuni halqa shaklida quyosh tutilishi kuzatildi.

Bugungi Oyning qisman tutilishi 2021 yilgi tabiat hodisalarining so‘nggisi deyilmoqda. Oy tutilishini to‘liq kuzatish uchun maxsus uskunalardan foydalanish tavsiya etiladi.