Ayollarning eng sara ixtirolari

Osmon jismlarini o‘lchash asbobi

Astrolyabiya nomi bilan ataluvchi mazkur qurilma osmon jismlari harakati koordinatasini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Uni eramizdan avvalgi 370 yilda astronom va matematik Gipatiya Aleksandriyskaya ixtiro qilgan.

Sirkulyar arra

Kunlarning birida yog‘och xodani arralayotgan erkaklar ishini kuzatib turgan Tabita Bebbitt antiqa g‘oya ustida xayol surib qoladi. Ishchi kuchini kamaytirib, qurilma quvvatini oshirish. Tezgina bajarilgan hisob-kitob ishlaridan so‘ng sirkulyar arra ixtiro qilinadi. Hozirda Tabitaning g‘oyasi ko‘plab quruvchilarga asqotayapti.

Suv osti kemasining durbini

Dengizchilar uni periskop deyishadi. Mazkur qurilma suv osti kemalari uchun mo‘ljallangan. 1845 yili Sara Meter ushbu periskop uchun patent olgan.

Go‘sht konservalari

1873 yili Vena shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada rossiyalik Nadejda Kojina go‘shtni konservalash usulini namoyish etib, mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan. Shundan so‘ng qahramonimizning taklif etgan usuli go‘shtni qayta ishlash korxonalari tomonidan qo‘llaniladigan bo‘ldi.

Idish-tovoq yuvuvchi qurilma

Javonidagi sevimli idishlar to‘plamidan ikki-uchta likopchani topa olmagan Jozefina Kokreyn idish-tovoqlarni sindirmay tozalash mumkin bo‘lgan qurilma chizmasini ishlab chiqadi. Bu voqea 1886 yili sodir bo‘lgan. Oradan 40 yil o‘tib, Kokreyn chizmasi asosida idish-tovoqlarni yuvish uchun mo‘ljallangan mashina quriladi.

Qor kurash mashinasi

Ozodalik nafaqat uyga, balki ko‘cha-kuyga ham tegishli qoida. Mazkur shiorni olg‘a surgan kotiba Sintiya Vestover bir necha avtomobil ehtiyot qismlaridan qor kurash uchun mashina ixtiro qiladi. 1892 yili amalga oshirilgan kashfiyot shu kungacha ancha takomillashgan bo‘lsa-da, asoschisi Sintiya hisoblanadi.

Tovushni pasaytiruvchi asbob

1917 yili El Dolores avtomobil shovqinidan bezor bo‘lgan chog‘i akustik filtr ishlab chiqadi. Bu qurilmadan hozirda ham keng foydalanishadi. Muhimi, avtomobil o‘t olishida yuzaga keladigan shovqin yo‘q.

Tagliklar

Uy ishlari hamda chaqaloq parvarishidan juda toliqqan Marion Donovan 1917 yili vannaxona pardasidan taglik uchun suv o‘tkazmaydigan g‘ilof tikadi. O‘zi bilmagan holda ko‘plab ayollarning mushkulini oson qilgan Marion andozasi bo‘yicha keyinchalik tagliklarning yangi turlari ishlab chiqarila boshlangan.