Ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali xabariga ko‘ra, ta’mirlash ishlari tufayli Samarqand shahar, Oqdaryo, Samarqand va Payariq tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

“Samarqand shahar «Shimoliy» GTS gaz tarmog‘ida ta’mirlash ishlarini olib borilishi munosabati bilan, 2023 yil 19 iyul kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Samarqand shahri: “Obod maskan”, “Qorasuv”, “O‘zbekkenti”, “yangiobod”, “Xo‘jag‘unjoyish-2”, “Xumo”, “Motrid”, «Ma’rifat», “Azizon”, «Chorbog‘», «Xo‘jaqishloq», «Gulobod» (Navro‘z), “Qo‘rg‘oncha”, “Yuksalish”, “Zarafshon”, “Bog‘ibaland”, “Jo‘yi Chuqur”, “Bog‘imaydon”, “Obirahmat”, “Qir”, “Xo‘ja Doniyor”, “Chilustun”, “G‘.Jamshid” MFYlari;

Oqdaryo tumani: “Taraqqiyot”, “Bozorjoy”, “Navoiy”, “Dahbed”, “Paxtaobod” MFY lari, Qirqdarxon massivi;

Samarqand tumani: “Qorasuv”, “Yangiobod” MFYlari;

Payariq tumani: Chelak, Al-Buxoriy hududi, “Xo‘ja Ismoil”, “Choshtepa”, “Zarafshon” MFYlari.

Barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan gaz jihozlaridagi jo‘mraklarni o‘chirib qo‘yishlari va ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raladi.

Ushbu noqulayliklar uchun “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali ma’muriyati tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.